- Слушали: 0
- Размер: 8.88 MB
- Длительность: 3:53
- Качество: 320 kbps
- Дата релиза: 27-12-2025, 01:41
Скачайте Ozodbek Nazarbekov - Dekabrning o'ttiz birida на mp3bop! Бесплатная загрузка со своего телефона в формате MP3, 320 kbps, слушайте музыку онлайн.
Текст песни
Ishqim pinhon etmadim oshkorAsrab keldim ko'nglim senida
Duch kelgandik sen bilan ilk bor
Dekabrning o'ttiz birida
O'sha kundan bu yurak hasta
Sog'inchlaru azoblar dasta
Ketgan eding so'z demay asta
Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida
Ko'ngil derdi gulyuzidan o'p
Yorning sendek oshiqlari ko'p
Eslaysanmi qor yoqqandi xo'p
Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida
Yillar o'tdi aytib alvido
Seni mendan aylablar judo
So'rasang jon etardim fido
Dekabrning o'ttiz birida
Sochimga oq qo'ngan payt mani
Yigirma yil sen yodlaysana
Ajib qismat uchrashdik yana
Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida
Endi men yod sen menga birov
Ulg'ayganmiz sochimiz qirov
To'yib boqay hech qursa birrov
Dekabrning o'ttiz birida
Shundan beri oromim so'nib
Esga olsam dil ketar to'lib
Bo'lgan ekan bo'larim bo'lib
Dekabrning o'ttiz birida